Savollar
Ko'p beriladigan savollar
Aria GLC glyukometri bilan batafsil yo'riqnoma komplektda beriladi. Test-lentochka qo'yilganda qurilma avtomatik yoqiladi. Shundan so'ng qon tomchisini lentochkaga qo'ying — natija bir necha soniyada tayyor bo'ladi.
Aria GLC glyukometri test-lentochka qo'yilganda avtomatik yoqiladi — agar batareykalar o'rnatilgan bo'lsa, 2.1-banddan boshlang. Yoqilmasa, lentochka to'g'ri qo'yilganini tekshiring yoki batareykani almashtiring.
Aria GLC glyukometri kalibrlash yoki murakkab sozlash talab qilmaydi. Test-lentochkani qo'ying va foydalanuvchi qo'llanmasidagi ko'rsatmalarga amal qiling.
CR2032 turidagi yangi batareyalar bilan almashtiring.
Yo'q, qurilmaning to'g'ri ishlashi uchun faqat original Aria GLC test-lentochkalaridan foydalaning.
Juda oz — odatda bitta kichik tomchi, taxminan 0,5 mkl yetadi. Test-lentochka qonni avtomatik yutadi.
Barmoqni teshish uchun lanset qurilmasidan foydalaning. Qon tomchisini test-lentochka uchiga sariq belgi qismiga qo'ying. Lentochkani qora tomoni (kontaktlar) va Aria yozuvi yuqoriga qarab strelkalar yo'nalishidagi qismga qo'ying.
Glyukometrning yuqori qismidagi ejektor qismiga lentochkani qora tomoni (kontaktlar) va Aria yozuvi yuqoriga qarab qo'ying. Qonni sariq belgi qismiga qo'ying — lentochka qonni o'zi yutadi.
ISO standartlariga ko'ra 10–15% xatolik qabul qilinadi. Shu paytda laboratoriyada va glyukometr bilan bir vaqtda qon topshirib, qurilmangizning xatoligini aniqlash va shifokoringiz bilan maslahatlashishni tavsiya qilamiz.
Batareykalar to'g'ri o'rnatilganini va zaryadi tugamaganini tekshiring. Plyus (+) tomoni yuqoriga bo'lishi kerak. To'g'ri o'rnatilganda glyukometr avtomatik yoqiladi.
+998 71 200 0219 raqamiga yoki Telegram @aria_glc_manager orqali qo'llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat qiling.
Yordam